Muqaddas Ramazon Oyida Muborak Umra Ziyoratini Ado Eting!

To’liq Hujjatlar To’plamiga Qulay Narxda Ega Bo’ling!

Iltimos, menejerimiz siz bilan bog’lanishi uchun quyidagi shaklni to’ldiring.

Barcha ma'lumotlar maxfiy saqlanadi!

Muqaddas Ramazon Oyida Ota-Onangizga Muborak Umra Ziyoratini Sovg’a Qiling!

Qulay va Hamyonbop Taklifni Qo’ldan Chiqarmang!

Iltimos, menejerimiz siz bilan bog’lanishi uchun quyidagi shaklni to’ldiring.

Barcha ma'lumotlar maxfiy saqlanadi!

Hali joylar mavjudligida sayohat uchun oldindan buyurtma bering!

Buyuk Robbimiz Alloh taologa hamdu-sanolar bo’lsin! Allohning eng suyukli habibi Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salavotlar bo'lsin.

Islom shariatida Baytullohni tavof qilib, Safo bilan Marva o’rtasida sa’y qilib bajariladigan maxsus ziyoratga Umra deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) butun umrlari davomida to’rt marta Umra va bir marta Haj amalini ado etganlar.

Islom dinida inson umri davomida Umra ziyoratini hech bo’lmasa 1 marta ado etishi sunnat hisoblanadi.

Har bir musulmon uchun Makka va Madina – ilohiy orzu!

Haj ziyorati – sog'lig’i va halol yo'l bilan topilgan puli bor har bir voyaga yetgan musulmonning burchidir.

Ramazon oyida Umra ziyoratiga borish ko’pchilikning orzusi.

Biz muborak Ramazon oyida muqaddas Makka va Madina shaharlarida Umra ziyoratini barcha qonun-qoidalariga ko’ra ado etishingiz uchun 14 kunlik maxsus ziyorat turizmini yo’lga qo’ydik.

Sayohat davomida ziyoratni ado etish uchun kerakli barcha shart-sharoitlar ta’minlangan, kun tartibi ipidan-ignasigacha o’ylab chiqilgan

.

«Travel continent» sayyohlik agentligi 4 yildan buyon Muqaddas Makka va Madina shaharlariga UMRA ziyoratini yo’lga qo’ygan.

Biz har yili mijozlarimiz istaklarini o’rganib, xizmat darajasini imkon qadar yaxshilash, agentlik jamoasi vakillari va ziyoratchilar guruhiga yo’lboshchilik qilayotgan xodimlar malakasini oshirishga doim harakat qilamiz.

Sayohat narxiga kiritilgan:

  • Toshkentdan to’g’ridan-to’g’ri reys

  • Sug’urta

  • 50 kishilik guruh

  • Chuqur bilimga ega toshkentlik imom

  • Kun-u tun qo'llab-quvvatlash

  • Servis xizmati

  • Telegramda guruh

  • 24/7 tibbiy xizmat

  • Makkada arab tili darslari

  • Ziyorat joylariga yaqin mehmonxonalar

  • 5 nafar ellikboshi (ayol ellikboshi ham bor)

  • Ikki mahal ovqat (saharlik va iftorlik)

«Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir» (Qadr, 3-oyat).


Yo’lingizni iymon nurlari yoritib tursin!

«Travel continent»ning sovg’a paketi:

  • Ziyoratchi uchun sovg’a to’plami (sumka, nimcha, beyjik, maxsus libos)

  • Jomadon stikeri

  • Umra qo’llanmasi

  • Lug’at

  • 5 l Zam-Zam suvi

Sizni muqaddas Makka va Madina shaharlariga eng qulay ziyorat kutmoqda.

Biz haqimizda:

Murod

39 yosh

«Travel continent» kompaniyasiga katta rahmat. Ular sayohatni tezlik bilan, ipidan-ignasigacha o’ylab tashkil qilishibdi. Biz turgan mehmonxona toza, ozoda, ellikboshi, tajribali imom bizga doim yordam berib turishdi.

Men Hajga borib barcha yaqinlarimga tinchlik-omonlik so’radim. Ziyoratda hecham qiynalmadim, qiyinchiliklar deyarli bo’lmadi. Xudoga ming qatla shukr!

Gulzodaxon

55 yosh

Bolalarim manga Travel continentdan sayohat sovg’a qilishdi. Umrani mazza qilib ado etib keldim. Toshkentdan to’g’ridan-to’g’ri reys bilan uchdik, hech kim bizni chalg’itmadi, muqaddas joylarda bo’lib, ibodatlarni qonun-qoidasiga ko’ra ado etdim. Guruhimizni mahalliy imom boshqarib turdi, guruhda bor-yo’g’i 50 ta kishi bor ekan. Mehmonxona nomerlari toza, har kun tozalab, choyshab va sochiqlarni almashtirib turishdi. Men servis xizmatidan judayam xursandman. Bizaga ayol ellikboshi yordam berib turdi. Allohimga beadad shukr!

Rashid

72 yosh

Tashkiliy ishla uchun firmaga katta rahmat, menga hammasi yoqdi, xizmat ko’rsatish oliy darajada, Toshkentdan to’g’ridan-to’g’ri reys. Mayda-chuyda holatlagacha o’ylab chiqilgan, mehmonxonalarni ziyorat joylarimizga yaqinlari tanlanibdi. Umuman qiynalmadik. Ellikboshilar yordam berib turishdi, vrachla yonimizda bo’lishdi har doim. Guruhimizda 50 tagacha odam bo’ldi, imomning bilimlari ham juda chuqur ekan. Men xizmatlardan qoniqdim, Alhamdulillah, hammaga Travel continent sayyohlik agentligiga murojaat qilishni maslahat beraman.

Siz ziyoratga bora olmaysiz, agar:

  • Sizda to’lanmagan qarzdorlik bo’lsa

  • Yaqinlaringizdan kimdir pulga muhtoj bo’lsa

  • Kimdandir qarz olib, Umraga bormoqchi bo’lsangiz

  • Ibodat va ziyorat amallarini qanday bajarishni bilmasangiz

«Haj va Umrani Alloh uchun tugal ado eting »

(«Al-Baqara» surasi, 196-oyat).

Jobir roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: “Ramazonda qilingan bir Umra bir Haj bilan barobardir”, dedilar”. Boshqa bir rivoyatda esa: “Men bilan birga qilgan Haj bilan barobardir” deganlar.

Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):

«Haj bilan Umrani ketma-ket qiling. Albatta, ikkisi xuddi bosqon temir, tillo va kumushning kirini ketkazganidek, faqirlik va gunohlarni ketkazadi. Hajji mabrurning savobi faqat jannatdir» deganlar (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):

«Hojilar va Umra ziyoratchilari Allohning mehmonlaridir, duo qilsalar, ijobat qilur, istig’for aytsalar, mag’firat qilur» deganlar (Ibn Moja rivoyati).

Bu hadislarning barchasida Umra ziyoratining fazilati ulug’ ekanligi, uni sidqidildan va to’la ado etgan har bir ziyoratchi savobdan umid qilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Agar siz Umra ziyoratiga bormoqchi bo'lsangiz, biroq tayyorligingizga shubhangiz bo'lsa, unda sizga quyidagi tavsiyalar yordam berishi mumkin:

  • Agar qarzlaringiz bo’lsa, qutuling

  • Istihora ayting –Allohdan oq yo’l, ajoyib hamroh va qulay transport uchrashini so’rang

  • Ota-onangiz ruxsatini oling

  • Kimni xafa qilgan bo’lsangiz, borib uzr so’rang

  • Umra safari foydali bo’lishi uchun o’zingiz bilan diniy kitoblardan oling

  • Vasiyatnoma yozub qoldiring

  • Muhtojlarga tarqatish uchun qo’shimcha pul oling

Ziyorat imkon qadar qulay va barcha qoidalarga muvofiq o'tishi uchun qolgan hamma sharoitlarni o'zimiz tashkil qilamiz.

Sayohat narxi:

10 kunlik Standart

paketi – 14 820 000 so‘m

24.03.2023 - 04.04.2023

To'g'ridan tog'ri uchish

Madina: Hayah plaza

Makka: Ankara plaza

Qadr Kechasi

10 kunlik – 27 000 000 so‘m

14.04.2023 - 24.04.2023

To’g’ridan-to’g’ri reys

Madina: Taiba

Makka: Anjum

Ramazonning

10 kuni – 21 000 000 so‘m

04.04.2023 - 14.04.2023
To’g’ridan-to’g’ri reys

Madina: Hayah plaza

Makka: Ankara plaza

Qadr Kechasi

14 kunlik– 30 000 000 so‘m

12.04.2023 - 26.04.2023
To’g’ridan-to’g’ri reys

Madina: Hayah plaza

Makka: Ankara plaza

Qadr Kechasi

14 kun– 31 000 000 so‘m

04.04.2023 - 18.04.2023
To’g’ridan-to’g’ri reys

Madina: Hayah plaza

Makka: Ankara plaza

Narx ichiga kiritilgan:

  • Toshkent – Jidda – Toshkent yo’nalishi bo’ylab to’g’ridan-to’g’ri parvoz

  • Yangi ta'mirlangan 5*li mehmonxonalarda turish

  • Madina va Makka muqaddas joylariga sayohat

  • Qulay va shinam avtobus

  • Jidda aeroportidan Madina mehmonxonasiga borish

  • Yuqori malakali ellikboshilar, shu jumladan ayol ellikboshi (ular Umraning barcha amallarini bajarishda yordam berishadi)

  • Madinadagi mehmonxonadan Makkadagi mehmonxonaga ko’chish

  • Makkadagi mehmonxonadan Jidda aeroportiga yetib borish

  • Madina va Makka shaharlarida 2 mahal ovqat

  • Viza

  • Ibodat to’plami + Zam-Zam suvi

  • Tibbiy yordam

  • Rovzaga bepul kirish uchun sertifikat

  • Arab tili darslari

Biz sizga hayotingizdagi eng muhim sayohatni amalga oshirishga yordam beramiz.

«Travel continent» bilan mukammal ziyorat haqidagi orzularingiz ushaladi

Chiptani bekor qilish va qayta bron qilish shartlari:

  • Buyurtmachi o’zining o’rniga boshqani jo’natmoqchi bo’lsa, buni sayohatga 7 kun qolgunigacha amalga oshirishi kerak.

  • Parvozga bir haftadan kam qolganda sayohatdan voz kechish – tur narxining 100%i miqdorida jarimaga sabab bo’ladi.

  • Ro’yxatga olish parvozdan 3 soat oldin boshlanadi

  • Chet elga chiqish uchun biometrik pasport(xorijiy pasport)ning amal qilish muddatini tekshiring

  • Pasportingiz sayohatning birinchi kunidan boshlab kamida 6 oy davomida amal qilishi kerak

  • Bagajingiz aviakompaniya talablariga javob berishiga ishonch hosil qiling

  • Xalqaro parvozlar xavfsizligi qoidalariga ko’ra, siz olib yuradigan har qanday suyuqlik(jumladan, aerozol, gel, atir va boshqalar) hajmi 100 mldan oshmasligi va qadoqlangan bo’lishi kerak.

UMRA ziyorati va uni amalga oshirish tartibi haqida toʻliq maʼlumotni biz taqdim etayotgan ellikboshilardan ham olishingiz mumkin.

Alloh ibodatlarimizni o’z dargohida qabul qilsin!

Allohning marhamati yo‘lingizni yoritib, iymoningizni mustahkamlasin, qalbingizga shodlik ato etsin!

© 2022 Travelcontinent | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.